Добавить проект
Прочитать правила
Платный доступ
Авторизация:
Информация


Иностранные чертежи » Узбекистан : Дипломные и курсовые работы : Kurs loyihasi - binoning tashqi devorini termal himoya qilish 1. 2. va 3-darajaga asoslangan issiqlik himoyasini oshirish

Kurs loyihasi - binoning tashqi devorini termal himoya qilish 1. 2. va 3-darajaga asoslangan issiqlik himoyasini oshirish

| Рб:
1
| Платформа: AutoCad | Поместил: Zigzag988 | Дата: 28.4.23 05:32 | Год выпуска: 2023 | Размер: 6.50 MB | Скачали: 0
Коротко о файле: JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI / “BINO va INSHOATLAR” kafedrasi / “BINOLARNING ENERGIYA SAMARADORLIGINI OSHIRISH” fanidan / Tarkibi: 2 varaq chizmalar + tushuntirish xati (33 bet)
Kurs loyihasi - binoning tashqi devorini termal himoya qilish 1. 2. va 3-darajaga asoslangan issiqlik himoyasini oshirish

Tarkibi
Kirish
Dastlabki ma’lumotlar
BINONING HAJMIY –REJAVIY  YECHIMI
BINONING KONSTRUKTIV YECHIMI
Bino quyidagi konstruktsiyalardan tashkil topgan
Tashqi devorni issiqlik texnikasi talablari asosida qish sharoiti uchun hisobi.
Kovakli temirbeton plitali tom yopmasining teplofizik hisobi.
Qish sharoiti uchun
Yoz sharoiti uchun
ADABIYOTLAR 

Jizzax shahridagi bir qavatli no-oziqovqat  binosi loyihalashda quyidagi ma’lumotlarga etiborga olingan. Turar-joy binolarini loyihalash ishlari O‘zbekiston respublikasi hududining zonalarga bo‘linishiga mos ravishda amalga oshirilgan. Jizzax shahri II-zonada joylashgan. II-zona tog‘li vohalarni, vodiylarni, iqlimiy sharoitlari yaxshi, qulay yerlarni, xushmanzara yassi tog‘liklarni qamrab olgan. Shuning uchun shunday loyihaviy yechim ishlab chiqilgan, bunda tashqi muhit sharoitlaridan (o‘simlik-lar, ko‘katzor va bog‘lardan, suv havzalari, tog‘lar-vodiylarning orombaxsh havosi) to‘liq foydalanilgan, shuningdek mahalliy shamollarning asosiy yo‘nalishlari hisobga olingan. Yozgi xona odatdagi ochiq ayvondan iborat.
Jizzax shahridagi bir qavatli no-oziqovqat  binosi deraza o‘rni (derazalari qaratilgan tomonini) belgilashda xonalarga quyosh tushib turishi, ularning tabiiy yorug‘lik bilan yoritilish darajasi, mikroiqlimi, yotoqxonalarning changdan, qizib ketishdan, shamoldan va shovqindan himoyalanishga oid sanitariya talablari nazarda tutilgan.
II-zonada istiqomat qilinganligi sababli istiqomat qilinadigan xonalar-ning derazalarini ufqning g‘arbiy tomoniga chiqarilgan burchagi 200-290o dara-jadan oshmagan. uch xonali uyda –bir xonaning derazalari, uch xonali uyda-ik-ki xonaning derazalari ufqning g‘arbiy tomoniga qaratilgan.
Loyihalanayotgan bino ufqqa nisbatan shunday joylashganki 22-martdan 22 –sentyabrgacha bo‘lgan davrda xonalarga quyosh nurining tushib turish vaqti 2,5 so-atdan kam emas. Bir, ikki va uch xonali uylarning kamida bir xonasiga, to‘rt, besh va olti xonali uylarning kamida ikki xonasiga quyosh nuri tushib turadi.
Loyihalanayotgan bino II-zonada joylashgan va 2 qavatli bo‘lgani uchun teva-rak atrofiga darxtlar o‘tkazish (atrofni ko‘kalamzorlashtirish) yo‘li bilan quyosh nuridan himoya qilingan. 
bir qavatli no-oziqovqat  binosining  shovqin o‘tkazish (shovqinni eflowersilishi) dan shoqindan saqlash chora tadbirlari korilgan.
bir qavatli no-oziqovqat  binosining balandligi, ya’ni qavatlar soni loyihalash topshirig‘iga muvofiq belgilangan.
Xonalarning umumiy maydoni  70.8 m2 tashkil etadi. 
Loyihalanayotgan bino turar-joy binosi va II-zonada joylashgan bo‘lgani uchun qavatlarning bir poldan ikkinchi polgacha balandligi 3m ni tashkil etadi.
Turar-joy binosidagi yotoqxonalarga, oshxonalarga, zina sahnalariga, umu-miy yo‘laklarga, dahlizlarga tabiiy yorug‘lik tushib turadi. Tabiiy yorug‘lik me’-yori 2-jadval <1>dagi ma’lumotlarga asoslanib qabul qilingan. Bunda xonalarning yorug‘lik tushadigan eshik va derazalari maydoni bilan mazkur xonalar polining maydoni o‘rtasidagi nisbat 1:5 dan katta emas. II-zonada eng kichik nisbat 1:8 ga teng.
Binoning har bir qavatida zina sahnidagi derazalar maydoni bilan zina sahni maydoni o‘rtasidagi nisbat 1:8  tashkil etadi.
Tabiiy yorug‘lik tushib turadigan xonalarning havosini yangilanib almashi-nib turishini ta’minlash uchun ularning derazalariga darchalar (fortochkalar) qo‘yilgan.
Loyihalanayotgan bino II-zonada joylashgan bo‘lgani uchun binodagi kvartira-lar to‘g‘ri yo‘nalishda shamollatiladigan qilingan. Bunda havo oqimi bir kvarti-radan boshqa kvartiraga o‘tolmaydi.
Bino qavatlarida yonadigan gazlar va suyuqliklar,shuningdek osonlikcha alanga-lanadigan ash’yolar ishlatilmagan.
Binoning chordoqlarida bino bo‘ylab balandligi kamida 1,6 m va kengligi 1,2 m keladigan yo‘llar qoldirilgan.
Havo so‘rib chiqib ketadigan yo‘l (kanal) larni bevosita bino tomiga (atmos-feraga) chiqarilgan.
Bino elektr lampalar bilan yoritilgan. Elektr uskunalarni tuzilishi, tay-yorlanishi, o‘rnatilish usili, izolyatsiyaning turi va himoyalanganlik darajasi jihatdan elektr tarmog‘idagi kuchlanishga hamda atrof muhit sharoitiga mos ke-ladi. Noturar joy binolarida elektr tarmoqlari turkumiga tegishli simlar yashringan, buning uchun ular devor ichiga yotqizilgan naylardan o‘tkazilgan, viklyuchatellar va rozetkalar devorni o‘yib, shu o‘yiqqa joylashtirilgan.    
Noturar joy binolarida kishilar istiqomat qiladigan xonalariga rozetkalarni xo-naning to‘liq va to‘liqmas 6 m2 maydoniga bittadan to‘g‘ri keladigan miqdorda o‘r-natilgan. Bu rozetkalar II-zonada 10A tokka mo‘ljallangan va yerga ulanadigan qismi (kontakti) bo‘lgan rozetka o‘langan.
Noturar joy binolarida yo‘laklarida to‘liq va to‘liqmas 10 m2 maydoniga bittadan to‘g‘ri ke-ladigan miqdorda o‘rnatilgan 6A tokka mo‘ljallangan rozetka o‘rnatilgan.
Yong‘in chiqqanda o‘z-o‘zini ishga tushiradigan, ya’ni avtomatik ravishda boshqa-riladigan yong‘inga qarshi qurilmalar o‘rnatilgan temir jovonlarni binoning birinchi qavatidagi elektroflowerslar o‘rnatilgan xonaga joylashtirilgan.
Yangi binolarni loyihalashtirish qurilish hududining seysmologik holati parametrlari seysmik ta’sirning kuchi va takroriyligi majburiy hisoblangan 1 va 2 ilovalar <2> bo‘yicha qabul qilingan. Birinchi majburiy ilovada keltiril-gan seysmik ta’sirning kuchi va takroriyligi Namangan shahri uchun 8 ballni tashkil etadi.
Qurilish maydonchasi nishabining qiyaligi 3o>15o, fizik-geologik jarayon-lar, tosh uyumlari, ko‘chkilar, suyuq loy va qumlar, o‘prilishlar, kon qazilmalari, sel ta’sirida kuchli yemrilgan jinslar yo‘q. Bino plani geometrik to‘g‘ri shakllardan tashkil topgan.

Bino to’rt burchak shaklida bo‘lib uning o‘zinligi L=6 m, eni B=4m qavat balandligi poldan tomypmagacha  3,2 m ni tashkil qiladi. Sokol qismi esa hts=0.3 m ni tashkil etadi.                 
Hammomning asosiy tarkibiy qismi yoki elementidir. Hammomxona uchun asosiy narsa  bu uning funktsional vazifasidir, ya’ni kishilarning hizmat qilish vazifasidir
Asosiy xonalarga binoning funktsional vazifasiga mos ravishda kishilar tomonidan cho’milish va yuvinishga mo‘ljallangan xonalar kiradi, ya’ni cho’milish xonalari.
Biroq, binodagi asosiy jarayonni amalga oshirish uchun asosiy xonalardan tashqari boshqa xonalar ham kerak bo‘ladi. Shulardan biri yordamchi xonalardir. Ular binoda amalga oshiriladigan jarayonlarning bajarilishini ta’minlash uchun zarur, lekin binoning vazifasini belgilamaydilar, bunga  hojatxona kabilar.
Binolardagi asosiy va yordamchi funktsional vazifalarni bajaruvchi barcha xonalar kommunikatsiya xonalari vositasida o‘zaro bog‘langan bo‘ladi-lar. Ularning asosiy vazifasi - kishilarning harakatlanishiga qulaylik yaratishdir (koridor, yo‘laklar, zina va shunga o‘xshashlar).
Binolar hajmiy plan yechimlarini yaratishning bir necha uslublari koridor-li, anfilada, zal, markaziy, sektsiya vaaralash (planirovka sistemalari) ma’lum.
Xonalarni bir-biridan ajratilgan, plan yechim bir xil yoki bir-biriga o‘x-shash bo‘lmalarda (otsek) joylashtirish planirovkaning sektsiya sistemasi no-mini olgan. Bu sistema men loyihalayotgan binoda qo‘llanilgan.
 


Содержимое архива

Проекты (работы, чертежи) можно скачать став участником и внеся свой вклад в развитие. Как скачать ? подробнее >>>>>>>
 
Cloudim - онлайн консультант для сайта бесплатно.