Добавить проект
Прочитать правила
Платный доступ
Авторизация:
Информация


Иностранные чертежи » Узбекистан : Дипломные и курсовые работы : Diplom loyihasi - 9 qavatli turar-joy binosining suv ta'minoti va kanalizatsiya muhandislik tarmoqlarini loyihalash

Diplom loyihasi - 9 qavatli turar-joy binosining suv ta'minoti va kanalizatsiya muhandislik tarmoqlarini loyihalash

| Рб:
4
| Платформа: AutoCad | Поместил: nauriz1803 | Дата: 22.2.26 17:55 | Год выпуска: 2025 | Размер: 2.41 MB | Скачали: 0
Коротко о файле: TDTU / “Muhandislik kommunikatsiyalari va tizimlari” kafedrasi / Diplom loyihasining obyekti 9-Qavatli turar-joy binosining suv ta’minoti va oqova suvlarini chiqarish muhandislik tarmoqlarini loyihalash bo‘lib, u 9 qavatli turar-joy binosi uchun ichki suv ta’minoti va oqova suv tizimlarini zamonaviy meyor va talablar asosida loyihalashdan iborat. / Tarkibi: 6 varaq chizmalar + tushuntirish xati (65 bet).
Diplom loyihasi - 9 qavatli turar-joy binosining suv ta'minoti va kanalizatsiya muhandislik tarmoqlarini loyihalash

Diplom loyihasi “Binolarning ichki suv taminoti tarmoqlarini loyihalash va hisoblash”, “Binoning ichki issiq suv taminoti tarmoqlarini loyihalash va hisoblash” hamda “Ichki kanalizatsiya tizimini loyihalash va hovli tarmoqlarini hisoblash” kabi bo‘limlaridan iborat. Bu bo‘limlarda quyidagi vazifalar bajarilgan:
-Ichki ichimlik suv tizimini loyihalash;
-Ichki ichimlik suv ta’mnoti tizimi va sxemasini tanlash;
-Ichki ichimlik suv tizimini aksonometrik sxemasini chizish va gidravlik hisoblash;
-Ichki issiq suv taminoti tizimini loyihalash;
-Issiq suv ta’minoti tizimi va sxemasini tanlash;
-Ichki issiq suv tizimini aksonometrik sxemasini chizish va gidravlik hisoblash;
-Ichki oqova suv tizimini loyihalash;
-Ichki oqova suv tizimini aksonometrik sxemasini chizish;
-Hovli oqova suv tizimi bosh tarxda loyihalash;
-Hovli oqova suv tarmog‘ining gidravlik va geodezik hisobini bajarish;
-Hovli tarmog‘ining bo‘ylama profilini qurish va spetsifikatsiyasini tuzish.
Diplom loyihasining grafik qismi ichki suv tizimlarini loyihalash tumaninng joylashish xolatining bosh tarxi, ichki issiq suv tizimlari va ichki oqova suv tarmoqlari loyihalangan binoning rejasi, hovli kanalizatsiya tarmog‘ining bo‘ylama profili, bosh tarxi kabi chizmalarni o‘z ichiga olgan.

MUNDARIJA
REFERAT    5
KIRISH    8
1.TEXNOLOGIK QISM.    10
1.1. Oqova suv tarmog`ining rejada va tizimda joylashganligi.    10
2.Binolarning suv taminoti va oqova suv tarmog’inig  hisobi    11
2.1. To’qqiz qavatli  ikki seksiyali turar-joy binosining tavsifi    11
2.2. Boshlang’ich malumotlar    12
2.3. Ishga tushirish uchun ulash joyidagi tashqi suv o’tqazgichning tavsiflari:    12
2.4. Hovlidagi tarmoqqa ulash joyidagi tashqi oqova suv tarmog’ining tavsiflari:    13
2.5. Gruntlar va grunt suvlari    13
3. Ichki ichimlik suv tizimini loyihalash    13
3.1. Ichki ichimlik suv tizimi va sxemasini tanlash    13
3. Tafsilotli ro’yhat (spestifikatsiya)    26
4. Ichki oqova suv tizimini loyihalash    38
5. Hovli oqova suv tizimi    41
Hovli oqova suv tarmog‘ining sarfini aniqlash    44
Hovli oqova suv tarmog’ining gidravlik va geodezik hisobi    47
6. Tafsilotli ro‘yxat (spesifikatsiya)    
Tafsilot ro’yhati    
5.7.Oqova suv quvuri materialini va quvur osti yer asosini tanlash.    
6.MEHNAT MUHOFAZASI    
6.1. Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini loyihalash va qurish jarayonida mehnat muhofazasi.    
XULOSA    
ADABIYOTLAR    
ILOVALAR    

Loyiha rasmlari:
1. Binoning birinchi qavat tarxi,yerto'la tarxi
2. Ichki sovuq suv tarmog'inig aksonometriyasi
3. Ichki issiq suv tarmog'ining aksonometriyasi
4. Ichki kanalizatsiya tarmog'ining aksonometriyasi
5. Hovli kanalizatsiya tarmog'ining bo'ylama kesimi
6. Bosh tarx, Binoning fasad qismi

To’qqiz qavatli  ikki seksiyali turar-joy binosining tavsifi:
Xonadonli tipdagi turar-joy bino eng suv sarfi qutot kishi boshiga 300 l/sut ga  tog’ri keladigan markazlashgan issiq suv taminoti, ichimlik vа oqova suv tizimi bilan jihozlangan bo’ladi, bunda xonadonlarning umumiy soni 72 ta, yashovchilar soni esa U=288 kishi deb olinadi.
Har bir xonadonda quyidagi sanitar-texnik asboblar o’rnatilgan:
1.GOST 18297-96 bo’yicha alohida aralshtirgichga ega bo’lgan 1700х750 mm o’lchamli emallangan choyan yuvinish idishi (vanna).
2.GOST 23695-94 bo’yicha plastmassa butilkali sifonga ega  bo’lgan 500х600 mm o’lchamli emallangan po’lat idish va yuz-qo’l yuvish idishi (moyka).
3.GOST 30493-96 bo’yicha nishabli turtib chiqqan joyga ega bo’lgan va past o’rnatiladigan suv oqiziladigan kichkina bakli tarelkasimon unitaz (rakovina).
4.GOST 30493-96 bo’yicha plastmassa butilkali sifonga ega bo’lgan 550х6420 mm o’lchamli yarim doirali keramik yuz-qo’l yuvgich idish.
Qurilmalarning umumiy soni N=342 ta. Qolgan ko’rsatkichlar boshlang’ich malumotlarda keltirilgan.

Boshlang’ich malumotlar:
1.Binoning qavatlar bo’yicha rejasi va yer maydoning bosh rejasi (ilova qilinadi).
2.Qavatlar soni – 9.
3.Qavat balandligi – 3 м.
4.Qavatlararo yopma qalinligi – 0,3 м.
5.Yerto’la balandligi – 2,3 м.
6.Birinchi qavat po’l belgisi – 131 (0.000).
7.Xonadonda yashovchilar soni – 5 kishi. 
Markazlashgan issiq suv taminoti mavjudligida bir kishi boshiga umumiy suv istemoli meyori q tot= 300 l/sut. markazlashtirilgan issiq suv ta’minotida 1 kishiga.

Ishga tushirish uchun ulash joyidagi tashqi suv o’tqazgichning tavsiflari:
1.Kafolatlangan bosim – 42 m.
2.Ko’chadagi suv o’tqazuvchi quvur – 63 mm.
3.Yer sathi belgisi – 130.1 m.
4.Suv o’tqazgich quvurni yotqizish chuqurligi – 2,10 m.
5.Tuproqning muzlash chuqurligi – 1,6 m.
2.4. Hovlidagi tarmoqqa ulash joyidagi tashqi oqova suv tarmog’ining tavsiflari:
1.Ko’chadagi oqova suv quvuri diametri – 250 мм.
2.Ko’chadagi oqova suv qudug’i oldidagi yer sathi belgisi Zп.з= 129.9 м.
3.Ko’chadagi oqova  suv qudug’i  tarnovi (latok) belgisi Zл =128.9 м.
2.5. Gruntlar va grunt suvlari
1.Gruntlar xususiyati – supes (qumoqli tuproq).
2.Chuqurlikdagi grunt suvlari – yoq.

XULOSA
Ushbu diplom loyihasida to‘qqiz qavatli ikki seksiyali turar-joy binosining ichki sovuq va issiq suv ta’minoti hamda kanalizatsiya tizimi loyihalashtirildi.Quvurlar diametri, uchastka va magistrallardagi sarflar, nishabliklar aniqlandi. Sovuq suv ta’minoti uchun GOST 18599-2001 polietilen quvurlar, issiq suv ta’minoti uchun GOST 52134-2003 "tikilgan" polietilen quvurlar, kanalizatsiya uchun GOST 22689.2-89 polietilen va polipropilen kanalizatsiya quvurlari qabul qilindi.Suvni isitish uchun markazlashgan issiq suv taminotidan foydalanildi.Oqova suvlarni chetlatish o‘z oqimi bilan i = 0,02 qiyalik bilan eng qisqa yo‘nalish bo‘yicha nazorat qudug‘iga, so‘ngra tashqi kanalizatsiya tarmog‘ining ko‘cha kollektoriga amalga oshiriladi. Binoning barcha qavatlari, xonadonlari va sanitariya asboblari doimiy, yetarli bosimli ichimlik suvi bilan ta’minlanishi uchun zarur bo‘lgan tarmoq sxemasi, quvur diametrlari, bosim yo‘qotishlari, nasoslar tanlovi va gidravlik hisoblar aniq bajarildi. Bu tizim O‘zbekiston Respublikasi qurilish me’yorlari (O‘zQMQ) va boshqa amaldagi normativ hujjatlar asosida ishlab chiqildi. Kanalizatsiya tarmoqlari uchun quvurlar diametri, nishablik, oqim tezligi va sanitariya-texnik asboblarning joylashuvi hisobga olinib optimal variantlar tanlandi. Chiqindi suvlarning erkin oqim asosida harakatlanishini ta'minlash, turli to‘siqlarning oldini olish va sanitariya talablariga to‘liq javob beruvchi yechimlar ishlab chiqildi. Loyihada foydalaniladigan quvurlar va armatura materiallari (masalan: plastik, polipropilen, PEX, PVX quvurlar) zamonaviy, korroziyaga chidamli, uzoq muddatli xizmat muddati va o‘rnatish qulayligi jihatidan optimal tanlandi. Montaj ishlari texnologik ketma-ketlikda bayon etildi. Suv ta’minoti va oqova suv tarmoqlari bilan ishlashda yuzaga keladigan xavf-xatarlar chuqur tahlil qilindi: fizik, kimyoviy, biologik, mexanik, elektr va psixofiziologik xavf omillari aniqlanib, har biriga nisbatan profilaktika va muhofaza choralari ishlab chiqildi. Ishchilarning xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish bo‘yicha aniq tavsiyalar berildi. Loyihalangan tizim suv resurslaridan oqilona foydalanishni, chiqindi suvlarni atrof-muhitga zarar yetkazmagan holda chiqarishni ko‘zda tutadi. Bundan tashqari, energiyani tejamkor ishlatish va texnik xizmat ko‘rsatish xarajatlarini minimallashtirish orqali iqtisodiy samaradorlik ham hisobga olindi. Mazkur diplom ishi amaliy jihatdan katta ahamiyatga ega bo‘lib, ko‘p qavatli turar-joy binolari uchun suv ta’minoti va oqova suv tarmoqlarini loyihalashda foydalanish mumkin bo‘lgan namunaviy model hisoblanadi. Loyihada qo‘llanilgan yechimlar respublika hududlaridagi shunga o‘xshash uy-joy massivlarini zamonaviylashtirishda qo‘llanilishi mumkin.
 


Содержимое архива

Проекты (работы, чертежи) можно скачать став участником и внеся свой вклад в развитие. Как скачать ? подробнее >>>>>>>
 
Cloudim - онлайн консультант для сайта бесплатно.